TransCanada energetik kompaniyasi AQSh hukumati Erkin savdo bo‘yicha Shimoliy Amerika kelishuvi doirasida Keystone XL neft quvurini qurishni to‘sib qo‘ygani uchun uning ustidan sudga 15 mlrd dollarlik da'vo arizasi topshirdi, deb yozmoqda The Daily Caller.
Keystone XL neft quvuri Kanadadan Meksika bo‘g‘ozining Texas shtatidagi sohiligacha o‘tkazilishi kerak edi.
Kompaniya bayonotida AQSh hukumati neft quvuri atrof-muhitga sezilarli ta'sir ko‘rsatishi sababli uning qurilishini rad etgani aytilgan.
Shu bilan birga, Barak Obama qurilishga taqiqlov qo‘ymaganda, mamlakatda 42 ming ish o‘rni paydo bo‘lardi.
2015 yil fevralida AQSh kongressi neft quvuri qurilishi boshlanishiga ruxsat bergandi, biroq yil oxirida Obama unga taqiqlov qo‘ygan.