Fransiyaning neft va gaz kompaniyasi Total Qatarda eng yirik neft konlari maydonini ishlab chiqarish uchun tanlandi, deb yozadi Bloomberg.
Qayd etilishicha, Total Qatar Petroleum kompaniyasi bilan birgalikda 30 foiz ulushni qo‘lga kiritgan. 25 yil davomida Shaxin maydonini ishga tushirish uchun ikki kompaniya o‘rtasida North Oil Co. kompaniyasi yaratiladi.
Bundan tashqari, keyinchalik ishlab chiqarish hajmini kengaytirish maqsadida loyihaga yaqin besh yil ichida 2 milliard dollar sarmoya kiritish rejalashtirilmoqda.
Yangi maydon ayni damda mamlakatga kundalik neft ishlab chiqarishning 40 foizidan ortig‘ini olib kelayotgan Moeller-Maersk nomli boshqa bir faoliyat o‘rnini egallaydi.