Subaru aksiyadorlari majlisi kompaniya nomini o‘zgartirishga qaror qildi

Fan-texnika 13:42 / 28.06.2016 3570

Yaponiya poytaxti Tokio shahrida Fuji Heavy Industries Ltd. (FHI) kompaniyasi aksiyadorlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tib, unda ta'sis shartnomasiga tuzatishlar kiritishga qaror qilingan. Unga muvofiq, kompaniya nomi Subaru Corporationga o‘zgartiriladi.

Ushbu o‘zgartirishlar 2017 yil 1 aprelidan, kompaniyaning 100 yoshga to‘lishi munosabati bilan kuchga kiradi. 1917 yil 1 aprelida keyinchalik Fuji Heavy Industries Ltd., nomini olgan Nakajima Aircraft kompaniyasiga asos solingan edi. Uning tarkibiga Subaru ham kiradi. 

«Subaru Corporation bizning ajoyib "huzur va sokinlik" qoidamizga rioya etgan holda o‘zining jahon bozoridagi o‘rnini mustahkamlashda davom etadi, uning falsafasi mijoz talablarini ijro etishdan iboratdir», — deyiladi rasmiy xabarda. 

1917 yilda asos solingan «Aviatsiya ilmiy-tadqiqot laboratoriya»si keyinchalik Nakajima Aircraft Co. sifatida ro‘yxatdan o‘tgandi. Qator o‘zgarishlardan so‘ng, 1953 yilda kompaniya yangi nom bilan – Fuji Heavy Industries Ltd (FHI) deb atala boshlandi. 1958 yilda paydo bo‘lgan Subaru 360 modeli kompaniyaning asosiy faoliyat yo‘nalishini belgilab berdi. 

Bundan tashqari, kompaniya umumiy foydalanish uchun dvigatellar, elektrogeneratorlar, kommunal xo‘jaliklar uchun maxsus avtomobillar, kichik aviatsiya, fuqaro aviatsiyasi samolyotlarining muhim qismlari hamda shamol generatorlari ishlab chiqaradi. 

Ko‘proq yangiliklar: