Short-trek bo‘yicha Olimpiada chempioni O Se Jon avtohalokat qurboni bo‘ldi

Sport 12:47 / 28.06.2016 3312

2006 yilgi Turin Olimpiadasida short-trek bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritgan janubiy koreyalik sportchi O Se Jon avtohalokat oqibatida hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi. 

33-yoshli sportchi 27 iyun kuni Seulda hayot bilan vidolashgan. Bunga, u boshqarib borayotgan mototsikl qayrilib olayotgan yuk mashinasiga borib urilgani sabab bo‘lgan. 

Se Jon 2016 yili sportchilik faoliyatini tamomlagan edi. 
 

Ko‘proq yangiliklar: