«Shanxay Telleys» Xalk uchun «Zenit»ga 60 mln dollar berib, qo‘shimcha bonuslar to‘lashni va'da qiladi

Sport 15:16 / 28.06.2016 3137

Xalkning «Zenit»dan Xitoyning «Shanxay Telleys» jamoasiga o‘tishi bo‘yicha transferga oid yangi tafsilotlar ma'lum qilindi.

«Transfer qiymati – 60 million dollar (54,2 million yevro – tahr.). Bundan tashqari, kelishuvda «Zenit»ga agar Xalk yangi jamoasi safida 15tadan ortiq gol uradigan bo‘lsa qo‘shimcha bonuslar to‘lanishi nazarda tutilgan.

Futbolchining shanxayliklar jamoasidagi maoshi miqdori bonuslarni hisobga olgan holda 12,5 million dollarni tashkil qiladi», – deya ma'lum qilgan TASS manbasi.

Bundan oldinroq Xalk 29 iyun kuni yangi jamoasida tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Xitoyga borishi haqida xabar qilingandi.

Shuningdek, «Shanxay SIPG» Xalkni sotib olayotgani haqida mahalliy nashrlarga ma'lumot bergan.

Manba: Tribuna.uz

Ko‘proq yangiliklar: