Turkiya bosh vaziri Binali Yildirimning bayonot berishicha, Turkiya prezidenti Tayip Erdo‘g‘an shu haftada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilishi mumkin. U, bu haqda Tvitter dagi sahifasida ma'lum qilgan.
Yildirimning aytishicha, ikki davlat yetakchilarining suhbati 29 yoki 30 iyun kunlari amalga oshishi ehtimol.
Avvalroq, Turkiya prezidenti Rossiya bilan munosabatlar tezroq yaxshilanishidan umid qilishini bildirgan edi.
Foto:Google image