Ottava sammitida Brexit oqibatlari muhokama etiladi

Jahon 11:49 / 28.06.2016 3653

Shimoliy Amerika davlatlari AQSh, Kanada va Meksika prezidentlarining Ottavada bo‘lib o‘tajak anjumanida Buyuk Britaniyaning YeI tarkibidan chiqishi (Brexit) muhokama mavzularidan biri bo‘ladi. Bu haqda, Amerika prezidentining katta yordamchisi Brayan Diz ma'lum qilgan.

Ottava sammitida AQSh prezidenti Barak Obama, Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo va Meksika prezidenti Enrike Penya Neto qatnashadi.

Anjumanda shuningdek, iqtisodiyotni Shimoliy Amerika doirasida hamda transtinch okeani hamkorligi shaklida rivojlantirish masalasi, "toza" energetika rivoji, terrorizm, xavfli kasalliklarga qarshi kurash va muhojirlar muammolari atrofida fikr almashiladi. 

Ko‘proq yangiliklar: