Oq uy: Rossiya eng maksimal darajada yakkalanib qoldi

Jahon 10:03 / 28.06.2016 32722

AQSh prezidenti Barak Obamaning yuritayotgan siyosati tufayli, Rossiya jahon eng yangi tarixida maksimal darajada yakkalanib qoldi, deb bayonot bergan Oq uy rasmiy vakili Erik Shults.

«Prezidentimizning xalqaro yetakchiligi sabab, Rossiya eng yangi tarix davrida shu paytga qadar kuzatilmagan darajada yakkalangan», — degan u. 

Bunda, Erik Shults mazkur fikri uchun asos bo‘lgan manbani keltirmagan. 

Avvalroq, Davlat dumasining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Aleksey Pushkov, Obamaning Rossiyani yakkalab qo‘yish siyosati barbod bo‘lgani haqida fikr bildirgan edi. 

 

Foto:RIA

Ko‘proq yangiliklar: