Argentina terma jamoasining sobiq futbolchisi va sobiq murabbiyi hisoblanadigan Diyego Maradona Argentina futbol assotsiatsiyasini (AFA) tanqid qildi.
Maradonaning hisoblashicha, AFA Lionel Messining so‘zlaridan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalandi.
«Albiseleste» 27 iyun kuni Amerika Kubogi finalida Chili bilan uchrashdi. O‘yinning asosiy vaqti va qo‘shimcha bo‘limlarda hisob ochilmadi. Shundan so‘ng boshlangan penaltilar seriyasida Chili 4:2 hisobida g‘alaba qozondi. Argentinaliklar safida zarba berishda adashgan futbolchilardan biri Lionel Messi bo‘ldi, u tepgan to‘p darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi.
O‘yindan so‘ng Messi terma jamoani tark etishi haqida ma'lum qildi.
«Messining so‘zlari Argentina futbolidagi halokatli holni fosh etish uchun aytilgandi.
Ular o‘z xatolarini yashirish uchun yigitlarni shunday so‘zlarni aytishga majburlashdi. Va bugun biz ularni emas, Messin muhokama qilmoqdamiz.
Ular Messini Amerika Kubogi finalida 2 marta Chiliga mag‘lub bo‘lganlik haqida gapirishga majburlashdi.
Axir Argentina 1974 yilgi Niderlandiya emasku. Ular o‘zlarini qutqarib qolish uchun Messidan shunday so‘zlarni aytishni so‘rashgan», — deya Maradonaning so‘zlarini keltiradi La Nacion.
Argentina terma jamoasi qatorasiga ikkinchi marta Amerika Kubogi finalida Chili terma jamoasiga yutqazdi. 2015 yilgi turnir finalida ham argentinaliklar penaltilar seriyasida 1:4 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Bundan tashqari, Messi va jamoadoshlari 2014 yilgi jahon chempionati finalida Germaniyaga (0:1) mag‘lub bo‘lgandi.
Messi 2008 yili Argentina olimpiya terma jamoasi safida Pekin Olimpiadasi g‘olibi bo‘lgan, 2005 yilda esa yoshlar o‘rtasidagi jahon chempioni bo‘lgan. Ammo Lionel Messi Argentina milliy terma jamoasi bilan yirik turnirlarda biror marta ham bosh sovringa ega bo‘lmagan.
Maradona: "Messi 2018 yilgi jahon chempionatiga borishi va yerda g‘olib bo‘lish kerak"
OAV: Argentina prezidenti Messidan terma jamoani tark etmaslikni so‘radi