BAA shimolida joylashgan Ras-al-Xayma amirligida yaqin vaqtlarda yangi qurilgan ulkan masjidning ochilish marosimi o‘tkaziladi. Bu haqda Khaleej Times nashri xabar bergan.
Sulton bin Sakra Al-Qosimiy nomli masjid qurilishi uchun 6 million dollar mablag‘ sarflangan. Inshoot shaharning qoq markazida qad rostladi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, bino ilk tashrif buyuruvchilarni Qurbon hayiti bayramida qabul qiladi. Masjid 2 qavatdan iborat bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 3 ming nafar namozxonni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi. Bundan tashqari inshootda o‘quv markazi, kutubxona, ayollar uchun maxsus ibodat zali va boshqa xizmatlar uchun xonalar mavjud. Shuningdek, bino hududida avtomobillar uchun turar joy ham qurilgan.
Masjid ikki minorali bo‘lib, ularning balandligi 62 metr.
Masjid o‘ziga xos qurilish uslubiga ega va juda ko‘rkam. Hozirdi binoda so‘nggi ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.