Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishga qaror qilishi mamlakatning global mavqeini o‘zgartirdi, biroq uni yomonlashtirmadi, deb aytdi AQSh Davlat kotibi Jon Kerri. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.
Kerri bu haqda Londonda Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Filip Xammond bilan birgalikda nutq so‘zlashi vaqtida aytdi.
Kerri Buyuk Britaniyaning AQSh-YeI muzokaralarida qatnashmasligidan afsusdaligini aytgan.
Avvalroq Kerri London va Bryusselga Brexit’ni muhokama qilgani ketayotgani ma'lum qilingandi.