Islandiyaga mag‘lubiyatdan keyin Hojson Angliya terma jamoasi bosh murabbiyligidan iste'fo berdi

Sport 02:28 / 28.06.2016 4745

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roy Hojson o‘z postini tark etdi.

Mutaxassis terma jamoa Yevro-2016 turnirini tark etganidan keyin shu qarorga kelgan. Biroz oldinroq inglizlar turnirning nimchorak finalida Islandiyaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Hozircha Hojsonning o‘rnini kim egallashi ma'lum emas. U bilan birga yordamchi murabbiylar Gari Nevill va Ray Levington ham jamoani tark etgan.

Qayd etish kerakki, Hojson turnirga tashrif buyurgan 24 terma jamoa bosh murabbiylari orasida eng ko‘p maosh oluvchi murabbiy edi. Uning yillik maoshi miqdori 4,6 mln dollar edi.

Ko‘proq yangiliklar: