Ingliz tili Brexit sababli Yevropa Ittifoqining rasmiy tili maqomidan mahrum bo‘ladi

Jahon 06:05 / 28.06.2016 4401

Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishidan keyin ingliz tili Yevropa Ittifoqining rasmiy tili bo‘lmaydi, deb aytdi Yevroparlamentning konstitutsion ishlar bo‘yicha qo‘mitasi boshlig‘i Danuta Xyubner. Bu haqda Politico xabar bermoqda.

"Agar bizda Birlashgan Qirollik bo‘lmasa, ingliz tili ham bo‘lmaydi", deb aytdi Xyubner.

Xyubnerning ta'kidlashicha, ingliz tilining YeIda rasmiy maqomi Buyuk Britaniyaning talabi bilan belgilangan, chunki inliz tilida so‘zlashuvchi Irlandiya va Malta gael va malta tillarining iste'mol qilinishini tasdiqlashni so‘ragan. Bu orada o‘rnatilgan qoidalarga ko‘ra, har bir davlat YeIning rasmiy tili sifatida faqat bitta tilni taklif qilishi mumkin.

Avvalroq Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron parlament oldida mamlakatning Yevropa Ittifoqidan chiqishiga to‘sqinlik qilishga urinmaslik chaqirig‘i bilan chiqqandi.

Ko‘proq yangiliklar: