XXR TIV rasmiy vakili Xun Leyning bayonot berishicha, rasmiy Pekin Turkiya prezidenti Rejyep Tayip Erdo‘g‘anning, Rossiya HHKning Suriya osmonida urib tushirilgan Su-24 samolyoti uchun uzr so‘rab yozgan maktubini olqishlaydi.
"Biz shu mazmundagi xabarni ma'lumot uchun qabul qildik. Shu bois, biz Rossiya-Turkiya munosabatlari yaxshilanishi hamda rivojlanishini xohlaymiz", - degan diplomat.
RF davlat rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga ma'lum qilganidek, 27 iyun kuni Turkiya prezidenti Rejyep Tayip Erdo‘g‘an Rossiya prezidenti Vladimir Putindan Turkiya HHK samolyoti tomonidan Rossiyaning Su-24 bombardimonchi samolyoti urib tushirilgani uchun uzr so‘ragan.