Germaniya, Fransiya va Italiya Britaniyaning YeIdan chiqishi bo‘yicha harakatlar rejasini taklif qiladi

Jahon 06:35 / 28.06.2016 5553

Germaniya, Fransiya va Italiya 28 iyundagi sammitda Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi bo‘yicha aniq harakatlar rejasini taklif qiladi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Bu haqda Berlinda Germaniya kansleri Angela Merkel, Fransiya prezidenti Fransua Olland va Italiya bosh vaziri Matteo Rentsi uchrashuvi kommyunikesida aytilgan.

"Biz davlat va hukumatlar hamda Yevropa institutlariga aniq reja va aniq majburiyatlar asosida Birlashgan Qirollikdagi referendum natijalari sababli yuzaga kelgan masalalarga javob izlash jarayonini boshlash hamda YeI va uning aholisiga yaxshi kelajak uchun aniq yechimlarni qidirishni taklif qilamiz", deyilmoqda bayonotda.

Ko‘proq yangiliklar: