FT: Brexit dunyo iqtisodiyotiga 3 trillion dollarga tushdi

Jahon 14:55 / 28.06.2016 8039

Dunyo fond bozorlari Buyuk Britaniyadagi Brexit'ga oid referendum natijalaridan so‘ng ikki kun ichida 3 trillion dollar rekord mablag‘ni yo‘qotgan. Bu haqida  Financial Times xabar berdi. 

Birja tahlilchilarining ta'kidlashicha, savdoning birinchi kunida savdo maydonlaridagi inqiroz - investorlar pul ishlab olmoqchi bo‘lgan qisqa pozitsiyalarning sotuvi bilan izohlangandi, chunki ko‘pchilik Buyuk Britaniya aholisining YeIda qolish uchun ovoz berishiga ishongandi.

Shok natija qisqa pozitsiyalarning rekord darajada sotilishiga olib keldi va bu tabiiyki, inqirozni yuzaga keltirdi.

Referendumdan keyingi ikkinchi savdo kuni butkul o‘zgacha mantiqqa ega bo‘ldi. Investorlar uzoq muddatli investitsiyalarga o‘z munosabatlarini qayta ko‘rib chiqishdi hamda potensial xavfga ega bo‘lgan aktivlardan qutilishdi. 

Convergex bosh strategi Nikolas Kolasning ta'kidlashicha, juda kam sonli investorlar referendumdan bunday natija kutishgan. 

S&P Global Broad Market index (BMI) jahon indeksi ikki kun ichida 6,9 foizga tushib ketdi, bu 2008 yilning noyabridan antirekord natija bo‘ldi. S&P 500 savdo maydonidan taxminan 1 trillion dollar olib chiqildi. Umumiy hisobda shu kunlar ichida taxminan 2,8 trillion dollar olib chiqilgan, rivojlanayotgan bozorlardan esa - 179 milliard dollar. Tahlilchilarning ma'lum qilishicha, investorlar hozircha barqarorlashuvni prognozlashtira olishmaydi, chunki referendum tufayli noaniqlik darajasi juda yuqori. 

"Investorlarga hech bo‘lmaganda bir necha metrikalarda: Britaniya funti, yevro va aksiyalarda barqarorlik kerak", - deydi Kolas. 
 

 

Foto:REUTERS

Ko‘proq yangiliklar: