Fransiyada EgyptAir samolyoti qora qutisining xotira kartasi tiklandi

Jahon 10:33 / 28.06.2016 4052

Fransiyalik mutaxassislar, EgyptAir aviakompaniyasining O‘rta yer dengizida halokatga uchragan A320 samolyoti bort o‘ziyozar qurilmasining xotira uskunasini tiklashga muvaffaq bo‘lishdi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».

Fojyeani o‘rganayotgan tergov komissiyasining ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tkazilgan aniq testlardan so‘ng, «qurilma samolyotning parvozi ko‘rsatkichlariga oid axborotlarga ega»ligi aniqlangan. Bunda, qayd etilishicha, uchuvchilarning suhbatini yozib oluvchi uskunaning xotira kartasi 28 iyunda ta'mirlanadi.
 
Bort o‘ziyozar qurilmalarning xotira kartalari, ta'mirlash maqsadida Misrdan Fransiyaga berilgan edi. Ular ta'mirlangach, yana Qohiraga qaytariladi hamda qaytadan tahlil qilinadi. 

EgyptAir aviakompaniyasining Parijdan Qohiraga parvvoz qilayotgan A320 samolyoti 19 may kuni O‘rta yer dengizi osmonida radar ekranlaridan yo‘qolgan edi. Uning bortidagi 56 yo‘lovchi va 14 nafar ekipaj a'zosining barchasi halok bo‘lgan. 

 

Foto:© AP Photo/ Amr Nabil

Ko‘proq yangiliklar: