Estoniya prezidentligi uchun nomzod, mamlakatning sobiq bosh vaziri Siym Kallas, yana bir necha davlat YeI tarkibidan chiqishi mumkinligi xususida fikr bildirdi, deb xabar qilmoqda ERR.
Uning so‘zlariga ko‘ra, YeI beqarorlik davriga qadam bosmoqda va bunday vaziyatda keskin o‘zgarishlarni kutish mumkin.
«O‘zgarishlar bo‘ladi, ammo gap aynan qanaqa o‘zgarishlar bo‘lishida. O‘ylashimcha, federallashtirish tomon qadam tashlanadi», — deb qayd etgan Kallas.
Uning ta'kidlashicha, voqealarning eng yomon rivojida YeI 10ta davlatgacha qisqarishi mumkin. Boshqa davlatlarga esa, Yevropa iqtisodiy hududiga a'zo bo‘lish taklif etiladi.
Avvalroq, amerikalik moliyaviy magnat Jorj Soros, Britaniyaning YeI tarkibidan chiqish qarori, «amalda Ittifoqning parchalanishini anglatadi», degan fikrni bildirgan edi.
Foto:Google image