Bolgariya O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi asosiy hamkori deb biladi

O‘zbekiston 11:35 / 28.06.2016 5138

2016 yil 27 iyunida Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida «Bolgariya-O‘zbekiston» biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etishdi. 

Ushbu biznes-forum kichik va o‘rta korxonalarni rivojlantirishga ko‘maklashish masalalari bo‘yicha ijrochi agentlik tomonida tashkil etilgan. 
Forum ishida, ikki mamlakatning oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi, vinochilik, tekstil sanoati kabi turli sohalarda faoliyat yurituvchi 60dan ortiq kompaniyalari qatnashgan. 

Bolgariya iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Lyuben Petrovning aytishicha, Bolgariya ikki mamlakat savdo-sanoat palatalari o‘rtasidagi hamkorlik faoliyatini kengaytirishga tayyordir. 

Petrovning qo‘shimcha qilishicha, Bolgariya O‘zbekistonni Markaziy Osiyo mintaqasidagi asosiy hamkori deb biladi. U shuningdek, ushbu ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar taraqqiy etishi va mustahkamlanishiga umid bildirgan. 

Ishbilarmonlar biznes-forum chog‘ida, ikki davlatning iqtisodiy va sarmoyaviy imkoniyatlari bilan tanishib, maxsus sanoat hududlaridagi sharoitlar haqida ma'lumotlar olishgan. Bundan tashqari, qo‘shma loyihalar borasida fikr almashilgan. 

Foto: UzDaily

Ko‘proq yangiliklar: