AQSh, Yaponiya, Janubiy Koreya harbiylari ballistik raketalarni erta aniqlash ko‘nikmalarini shakllantirish borasida uchtomonlama qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazadi. Unda, KXDR tomonidan ehtimoliy fintalarga qarshi choralar shakllantiriladi.
Shu turdagi ilk mashg‘ulotlar AQShning Havayi orollarida bo‘lib o‘tadi. Yonxap agentligi xabarlariga ko‘ra, harbiy o‘quv jarayonida AQSh, Janubiy Koreya harbiy dengiz kuchlari hamda Yaponiya mudofaa kuchlari dengiz qo‘shinlarining esminetslari ishtirok etadi. Ularning barchasi Aegis ("Ijis") qurollarni boshqarish tizimi bilan jihozlangan. Bundan tashqari, harbiy mashg‘ulotlarda yangi avlod ayg‘oqchi uchuvchisiz samolyoti MQ-9 ham sinovdan o‘tkazilishi mumkin.