Hujjat topshirishni istagan abituriyentlar Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bakalavriatiga hujjatlarni elektron shaklda topshirishlari mumkin bo‘ldi. Ushbu xizmat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida test rejimida ishga tushirildi.
Xizmatdan foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan ro‘yxatdan o‘tish va maxsus elektron raqamli ro‘yxatni qo‘lga kiritish lozim bo‘ladi.
Hujjat topshirish uchun pasport, attestat yoki diplom va 3,5x4,5 fotosuratning elektron nusxalari lozim bo‘ladi.
Hujjatlarning qabul qilingani haqidagi ma'lumot foydalanuvchining portaldagi shaxsiy xonasiga yoki elektron pochtasiga 10 kun ichida yuboriladi.
Loyiha muvaffaqiyat bilan sinovdan o‘tkazilganidan so‘ng bunday tizim O‘zbekistondagi barcha oliy o‘quv yurtlarida joriy etilishi rejalashtirilmoqda.
Foto:Google image