Olimlar, janubi-sharqiy Osiyo o‘rmonlarida ko‘poyoqli hasharotlarning yangi turiga duch kelishdi. U quruqlikda emas, suvda yashaydi. Yangi tur tadqiqotiga oid hisobot ZooKeys jurnalida chop etilgan. Bu jonivorni London tabiat tarixi muzeyi Jorj Bekkalon 2001 yili Taylandga qilgan safari chog‘ida aniqlagan.
U, tog‘ darasidan tushayotganda, undan qochish maqsadida quruqlik tomon emas, balki o‘zini suvga otgan qirqoyoqqa ko‘zi tushgan. So‘ngra, biolog jonivorni ushlab, o‘zi bilan Londonga olib borgan. Biroq, uning hamkasblari suvda yashaydigan qirqoyoq ekaniga ishonishmagan, chunki ko‘poyoqli jonivorlarning fanga ma'lum barcha turi quruqlikda yashaydi.
Uning DNK tahlillari, hasharotning yangi turi ekanini isbotlagan. Scolopendra cataracta nomini olgan jonivor ham turdoshlari kabi zaharli hisoblanadi. U chaqsa, qattiq og‘riqni keltirib chiqaradi.
foto:Warut siriwut