O‘zbekiston prezidenti ShHTning sog‘liqni saqlash sohasidagi kelishuvini tasdiqladi

O‘zbekiston 13:41 / 27.06.2016 41800

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov Shanxay hamkorlik tashkilotining 2016 yil 17 iyunida xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Davlat rahbari ShHTga a'zo davlatlar hukumatlari o‘rtasida imzolangan sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi. 

Kelishuv 2011 yil 15 iyunda Ostonada imzolangan edi. Prezident o‘z qarori bilan mazkur shartnoma ijrosini O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi zimmasiga yuklagan. 

Shu bilan birga, Davlat rahbari mamlakat TIVga O‘zbekiston mazkur shartnomadan kelib chiquvchi ichki majburiyatlarni bajargani to‘g‘risida ShHT bosh qarorgohini xabardor etish vazifasini topshirgan.

Foto: uzdaily.uz

Ko‘proq yangiliklar: