Turkiyada, mamlakat fuqarosi Alparslon Chelik ustidan mahkama jarayoni boshlandi. U, noqonuniy qurol saqlaganlik va olib yurganlikda ayblanmoqda. Bundan avval, uning zimmasidan Rossiya uchuvchisi Oleg Peshkovni o‘ldirganlik aybi soqit qilingan edi. Sud ishi mamlakat g‘arbidagi Izmir shahrida bo‘lib o‘tadi.
2015 yil 24 noyabrda Turkiya HHKning qiruvchi samolyoti Rossiyaning Su-24 bombardimonchi samolyotini urib tushirgan, katapulta qilishgan ulgurgan Peshkovni esa, yerdan otib o‘ldirishgan edi. Keyinroq, Chelik ushbu qotillikka aloqasi borligini e'lon qilgandi. Shundan so‘ng, u shu yilning aprel oyida Izmirda qo‘lga olingan edi.
Chelik, tergov chog‘ida, Peshkovga shaxsan otmaganini, qo‘li ostidagilarga ham otishni buyurmaganini ta'kidlab, jangovar guruh rahbari sifatida aybni zimmasiga olganini bildirgan.
Turkiya sudi uning aybini tan olsa, Chelikka besh yildan sakkiz yilgacha qamoq jazosini tayinlashi mumkin.