Saudiyalik egizak aka-ukalar o‘z ota-onalarini o‘ldirishni rejalashtirib, bunda oshxona pichoqlaridan foydalanishdi. Bundan tashqari ular kichik ukasiga jiddiy jarohat yetkazishdi.
Aka-uka qotillar dastlab Ar-Riyoddagi uy yotoqxonasida dam olayotgan otasiga hujum qilgan, so‘ngra boshqa xonadagi onani pichoqlab o‘ldirishgan.
Shundan so‘ng ular kichik ukaga ham hujumga qilib, uni pichoqlab qochib qolishgan. Egizak akalar ukaning o‘lganiga ishonchi komil bo‘lgan, biroq uka jiddiy jarohati bilan omon qolgan. Qotil "jigarlar" mahalliy politsiya tomonidan qo‘lga olindi.
Politsiyaning xabar berishicha, qotil farzandlar IShID terrorchilik harakati ta'sirida bo‘lishi mumkin.
foto:Google image