Polsha TIV: Yevropada superqudratli davlat yaratish YeIning parchalanishiga olib keladi

Jahon 12:43 / 27.06.2016 10474

Brexit'ga javoban Yevropada superqudratli davlat yaratilishi Yevroittifoqning parchalanishiga olib keladi. Polsha tashqi ishlar vaziri Vitold Vashchikovskiy Pragadagi GFR, Fransiya va Vishegrad guruhi (Vengriya, Polsha, Slovakiya, Chexiya) TIV rahbarlari uchrashuviga ketishidan avval mahalliy televideniyega bergan intervyusida shunday fikr bildirdi. 

Vashchikovskiyning so‘zlariga ko‘ra, mazkur uchrashuv davomida u g‘arbiy hamkorlaridan "ro‘y bergan hodisada Bryusselning ham aybi borligi hamda YeIning federallashuvi va siyosiylashuviga oid takliflar Brexit'ga munosib javob bo‘la oladimi yoki yo‘qligini tushunishyaptimi" savoli bilan murojaat qilmoqchi. 

Polsha TIV rahbari superqudratli davlat yaratish g‘oyasida ko‘rib chiqishga loyiq tashabbuslar bor, deb hisoblaydi.

Xususan, muhojirlar oqimidan himoyalovchi umumiy chegara tashkil qilish g‘oyasi.

"YeIda prezident yoki ichki parlament bilan qandaydir ittifoq tuzish Yevroittifoqning yo‘q bo‘lishiga olib keladi", - dedi u. 

Vashchikovskiy GFR va Fransiya diplomatiya rahbarlari tomonidan imzolangan to‘qqiz sahifali hujjatga izoh berdi. TVP telekanali uning mazmunini ochib berdi.

Ushbu hujjat matniga ko‘ra, YeIga a'zo mamlakatlar o‘z armiyasi, maxsus xizmati, alohida soliq tizimi, valyuta, chegaralar ustidan nazorat o‘tkazishdan voz kechishi kerak. Shuningdek, rejada yagona viza tizimi va umumiy tashqi siyosat olib borish ko‘zda tutilgan. 

 

foto:polandinfo.ru
 

 

Ko‘proq yangiliklar: