Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roy Hojson jamoa hujumchilari Ueyn Runi va Jyeymi Vardi o‘rtasida muammo borligi haqidagi gap-so‘zlarni inkor qildi.
«Men siz nima deyayotganingizni yaxshi tushunmayapman. Runi va Vardi o‘rtasida rostdan ham hech qanday muammo mavjud emas. Aksincha, ular maydonda ham, hayotda ham yaqin do‘st.
Siz gapirayotgan narsani tasavvur ham qila olmayapman. Men Ueyn bu xabarlarga ortiqcha e'tibor qaratmasligini istardim. Axir bu shunchaki beadab tarix. Bu xabarlarga munosabat bildirib, uni yanada yoyish shart emas. Bu gaplar biz uchun qiziq emas», – degan Hojson.
The Independent nashri ma'lumotiga ko‘ra, Runi Vardi bilan uning rafiqasi, ayni vaqtda muxlislar qatorida Fransiyaga kelgan Rebekaning OAVga terma jamoa ichkarisidagi ma'lumotlarni sizdirib chiqarayotgani bo‘yicha gaplashgan. Nashrda yozilishicha, Runi Rebekaning ijtimoiy tarmoqlardan kamroq foydalanishini so‘ragan.
Manba: Tribuna.uz