Argentina terma jamoasining yana 2 a'zosi, himoyachi Haver Maskerano va hujumchi Serxio Aguero Amerika Kubogi finalida Chiliga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lingach Lionel Messi ortidan milliy terma jamoani tark etadi.
Maskerano va Aguero keyingi 3 yilda 3 marta qatorasiga yirik turnirlar finallarida mag‘lub bo‘lgandi.
32 yoshli Maskerano terma jamoada 2003 yildan buyon o‘ynab keladi, u o‘tgan vaqt ichida terma jamoa libosida 129ta uchrashuv o‘tkazgan va 3 golga mualliflik qilgan.
28 yoshli Aguero esa terma jamoa bilan 76 uchrashuvda maydonga tushib, 33 marta raqiblar darvozalarini ishg‘ol etgandi.
Biroz oldinroq Messi terma jamoadan ketishi haqida e'lon qilgandi.