2016 yil 22 iyunidan boshlab, Qozog‘istonning Ust-Kamenogorsk shahridagi "Aziya Avto" zavodi konveyeridan «Lada Granta», «Lada Kalina» hamda «Lada 4x4» yo‘ltanlamasi besh eshikli modelining ilk namunalari chiqdi, deb xabar qilmoqda «Aziya Avto» AJning matbuot xizmati.
Bundan avval, "Aziya Avto" zavodida «Lada»ning «Lada 4x4» va «Urban» yo‘ltanlamaslari ishlab chiqarilgan edi. Shu yilning avgust oyidan boshlab bu yerda «Lada Priora» ham ishlab chiqarila boshlanadi. Bir oy o‘tib, «Lada Vesta» sedani, «Lada XRAY» krossoveri va «Lada Largus» universalini yig‘ish ishlari yo‘lga qo‘yiladi.
Qayd etish joiz, 2015 yil yakunlariga ko‘ra, «AvtoVaz» Qozog‘iston avtomobil bozorining 28 foizini egallab olgan. O‘tgan yili respublika aholisi 24,5 ming dona Vaz mashinalarini xarid qilgan.