Qirg‘izistonda 2010 yil iyun oyi voqealarida jabr ko‘rgan 300dan ortiq tadbirkor 47 million som ssuda oladigan bo‘ldi. Hukumatning shu mazmundagi qarorini, Qirg‘iziston moliya vazirligi so‘roviga binoan, parlamentning byudjyet va moliya masalalari bo‘yicha qo‘mitasi tasdiqlagan.
Respublika moliya vaziri Adilbek Kasimaliyevning so‘ziga ko‘ra, mablag‘lar Arxitektura, qurilish va uy-kommunal xo‘jaligi qoshidagi uy-quqarolik qurilishi departamentiga ajratiladi. Bu boshqarma, O‘sh shahri, O‘sh va Jalolobod viloyatlarida 2010 yil iyun oyida ro‘y bergan voqealarda ommaviy o‘g‘irlikdan jabr ko‘rgan 313 tadbirkorga uzoq muddatli ssuda beradi.
Qirg‘izistonda 2010 yil voqealari uchun 300 nafar tadbirkorga 47 million somlik ssuda beriladi
Kun Yangiliklari
O‘zbekiston bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi e’lon qilindi
07:57 / 01.07.2022
25575
Noyabr oyi uchun «palov indeksi» e'lon qilindi
08:11 / 01.12.2021
34522