Qirg‘iziston janubida zilzilalar silsilasi davom etmoqda

Jahon 14:53 / 27.06.2016 19243

Yevropa-O‘rta Yer dengizi seysmologiya markazi (EMSC) Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida yerosti silkinishlari davom etayotgani haqida xabar qildi. 27 iyunning o‘zida 4,7 magnitudali oltita yerosti silkinishi qayd etildi. 

EMSC saytining ma'lumotlariga ko‘ra, 27 iyun kuni Chon-Oloy tizmasida mahalliy vaqt bilan soat 03:16, 04:12, shuningdek 05:37, 08:32, 08:55 va 11:08da zilzilalar silsilasi sezildi. 

Qirg‘iziston Milliy fanlar akademiyasining Seysmologiya instituti xabar berishicha, soat 11:08da sodir bo‘lgan yerosti silkinishi 5 ballni tashkil qilgan. Zilzilalar O‘sh viloyati Chon-Oloy tizmasida qayd etilgan. Qirg‘iziston favqulodda vaziyatlar vazirligining dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, zilzila natijasida qurbon bo‘lganlar yo‘q.

26 iyun kuni xuddi shu hududda besh marta yerosti silkinishi qayd etilgan bo‘lib, ulardan eng kuchlisi 6-7 ballni tashkil qilgan. 

 

Foto:Google image
 

Ko‘proq yangiliklar: