Italiya – Ispaniya uchrashuvi arafasida «Stad de Frans» o‘yingohi terakt xavfi tufayli o‘rab olindi

Sport 20:42 / 27.06.2016 4707

Parij shahridagi «Stad de Frans» o‘yingohi Italiya – Ispaniya uchrashuvi arafasida terakt xavfi mavjudligi tufayli politsiyachilar tomonidan o‘rab olingan. Bu haqda Scotish Sun muxbiri Robert Griv xabar qildi.

«Stad de Frans» stadioniga kirish yo‘llari xavfsizlik nuqtai nazaridan to‘sib qo‘yildi.Politsiyachilar portlash xavfi mavjudligi haqida aytishdi», – deb yozgan o‘z tvitteriga Griv.

Italiya va Ispaniya uchrashuvi bir necha daqiqalardan keyin boshlanadi.

«Tribuna» Italiya – Ispaniya uchrashuvidan matnli translyatsiya uyushtiradi. 

Ko‘proq yangiliklar: