Xakerlar Google bosh direktori akkauntiga hujum qilishdi

Fan-texnika 15:06 / 27.06.2016 16469

Xakerlar mashhurlarning ishonchli parollar bilan himoyalanmagan akkauntlariga hujum qilishda davom etishmoqda. Ularning navbatdagi “o‘lja”si Google bosh direktori Sundar Pichaining savol-javoblar xizmati hisoblanmish Quora’dagi akkaunti bo‘ldi.

Pichaining Quora’dagi akkauntiga hujum qilgan xakerlar jamoasi OurMine bundan oldin Facebook asoschisi Mark Tsukerbergning Twitter va Pinterest’dagi akkauntiga hujum uyushtirishgan edi. Xakerlarning tasdiqlashicha, ular shunchaki mashhurlar akkauntining xavfsizligini tekshirib ko‘rmoqchi bo‘lishgan. Maqsad - haqiqiy hujumdan ularni ogohlantirish. OurMine guruhining aytishicha, ular Pichaining akkauntiga kirish yo‘lini Quora xizmati bilan bog‘liq holda topishgan.

Pichaining Quora’dagi akkaunti uning tvitteridagi sahifasi bilan bog‘liq bo‘lib, xakerlar unda 508 000 flover qoldirishning uddasidan chiqishgan. Ayni damda ularning barchasi o‘chirib tashlangan.

Ko‘proq yangiliklar: