Gruziyada armiyaga umumiy chaqiruv bekor qilindi

Jahon 14:39 / 27.06.2016 10850

Gruziya mudofaa vaziri Tina Xidasheli, yillik hisobotni e'lon qilish chog‘ida, armiya safiga majburiy chaqiruvni bekor qilish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi, deya xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi. 

Qayd etilishicha, mamlakat qonunchilik organi shu mazmundagi qonunni qabul qila olmagan, biroq Xidasheliga mustaqil ravishda shunday qaror chiqarishga  imkon beradigan qonun bandi topilgan. 

«Men sizlarning guvohligingizda, armiyaga umumiy safarbarlik qilishni bekor qiladigan qarorni imzolayapman. U esa, shu ondan kuchga kirdi», — degan Xidasheli.

 

foto:Google image

Ko‘proq yangiliklar: