Britaniyadagi referendum natijasi Yaponiyaga ta'sir ko‘rsatishda davom etmoqda

Iqtisodiyot 11:14 / 27.06.2016 5118

Amerika va Yevropa valyutalarining Yaponiya milliy pul birligiga nisbatan kursi tushishda davom etmoqda. Tokio birjasidagi savdolar, Buyuk Britaniyaning YeIdan chiqishiga oid referendum salbiy ta'siridan qutila olmayapti. Bugungi savdoda yapon iyenasining dollarga nisbatan qadri 1,2 iyenaga ko‘tarilib, 101,8 iyenani tashkil etgan. Yevropa umumiy valyutasi yevro esa, ancha qadrsizlashib, 112,1 iyenadan pastga tushib ketgan. 

Sarmoyadorlar, Buyuk Britaniyadagi referendumdan so‘ng, o‘z mablag‘larini yapon iyenasiga o‘tkazishmoqda. Ularning fikricha, Yaponiya milliy puli ancha ishonchli valyutadir. Moliya ekspertlarining aytishlaricha, AQSh va YeI o‘z valyutalarini mustahkamlash uchun choralar ko‘rmaydi. 

NHK telekanalining ma'lum qilishicha, rasmiy Tokio ham bunday holatda iyena kursini pasaytirishga urinib o‘tirmaydi. Chunki, uning choralari, boshqa yetakchi davlatlar qo‘llab-quvvatlamasa, foyda bermasligi aniq.

 

foto:Google image

Ko‘proq yangiliklar: