Suriya Arab respublikasi prezidenti Bashar Asad tungi vaqtda armiyaning Damashq yaqinida joylashgan oldingi marrasiga tashrif amalga oshirgan.
SANA axborot agentligi xabariga ko‘ra, suriyaliklar yetakchisi askarlar bilan birga iftorlik qilgan.
Asad Sharqiy Guta viloyati hududidagi Xarrabada joylashgan bo‘linma harbiylari bilan suhbatlashgan.
U «askarlar bilan birgalikda baham ko‘rilgan taom o‘z hayotidagi eng totli taom ekani»ni aytgan.
Bundan oldinroq Suriyada milliy sulh bo‘yicha davlat vaziri Ali Haydar Damashq muxolifat vakillari ishtirokida yangi vazirlar mahkamasi tuzish imkoniyatlari ko‘rib chiqilayotgani haqida aytgandi.