70 million so‘mlik tarixiy tangalarni olib o‘tmoqchi bo‘lgan jinoyatchilar harakatiga nuqta qo‘yildi

Jamiyat 14:44 / 27.06.2016 18740

Termiz aeroportida ham bojxonachilar 26 dona tarixiy tangalarning yashirin ravishda olib chiqilishini bartaraf etishdi. Ushbu viloyatda istiqomat qiluvchi fuqaro Moskvaga yo‘l olar ekan, o‘zi bilan stepler – kantselyariya buyumini ham olib ketayotganligi bir qarashda shubhali tuyulishi, tabiiy! Ushbu shaxsga tegishli yuklarni nazorat-rentgen appratidan o‘tkazish vaqtida, stepler tasvirining ekranda shubhali aks etishi bojxonachilarni ushbu matohni sinchiklab tekshirishga undadi.  

Natijada, stepler ichiga turli tasvirlar tushirilgan va har xil hajmdagi 26 dona qadimiy tangalar yashirilganligi aniqlandi. Surxondaryo viloyati badiiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, mazkur mis va kumushdan ishlangan tangalar tarixda yurtimiz hududida vujudga kelgan Kushon, Yunon-Baqtriya, Qoraxoniylar,  Arab xalifaligi va Buxoro xonligi davlatlarida muomalada bo‘lgan. Ularning bugungi kundagi qiymati ekspertlar tomonidan 70 mln. so‘mga baholangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv jarayonlari davom etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: