Yana 4 nafar futbolchi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashga chog‘langan.
ESPN xabariga ko‘ra, Amerika Kubogi finalidagi mag‘lubiyatdan keyin Gonsalo Iguain, Esekiel Lavessi va Lukas Bigliya ham Argentina terma jamoasini tark etmoqchi.
Bundan tashqari, ularga Anxel Di Mariya ham ergashishi mumkin.
Bundan oldin Lionel Messi Argentina terma jamoasidan ketishini e'lon qildi.
Ko‘p o‘tmay Haver Maskerano va Serxio Aguero ham unga ergashib, terma jamoani tark etishi haqida xabarlar berildi.