Janubiy Karolinada uch nafar mahbus qamoqxonadan qochib, botqoqlikka yashirindi

Jamiyat 10:22 / 26.06.2016 5395

AQShning Janubiy Karolina shtatida joylashgan Seynt Jorj shaharchasidagi qamoqxonadan uch nafar mahbus qochib ketdi, deb xabar bermoqda NBC News.

Ular turmaning oynasini buzib, tikanli sim bilan o‘ralgan to‘siqdan adyol yordamida o‘tishgan va mashinani olib qochib, yashirinishga uringan.

Ko‘p o‘tmay ularni Berkli okrugi politsiyachilari ta'qib qilishga tushgan. Mahbuslar o‘g‘irlangan mashinani urib olishgach, botqoqlikda yashirinishgan. Shundan keyin ularni qidirish vaqtinchalik to‘xtatilgan.

Sherif idorasi ma'lumotlariga ko‘ra, mahbuslar sinov muddati shartini buzgani uchun qamalgan 34 yoshli Donald Littl, yirik o‘g‘rilik va talonchilik uchun qamalgan 31 yoshli Maykl Chaplin va metamfetamin saqlash, bank kartasini o‘g‘rilash va o‘g‘irlangan mashinaga egalik qilish uchun qamalgan 28 yoshli Deniyel Chaplin bo‘lgan.

Ta'kidlanishicha, mahbuslarning qochayotganini 11 mahbus kuzatib turgan, biroq ulardan hech kim qochoqlarning ortidan borishga qaror qilmagan.

Ko‘proq yangiliklar: