Toshkentda va Farg‘ona vodiysida yer silkinishi sezildi

O‘zbekiston 16:32 / 26.06.2016 26961

Bugun, 26 iyun kun mahalliy vaqt bilan soat 16:25da Toshkent shahrida zilzila kuchi sezildi. Toshkent shahri aholisi taxminan 3 balli zilzila kuchini sezishgan.

Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi ma'lumotlariga ko‘ra, zilzila episentri Qirg‘iziston, Xitoy va Tojikiston chegarasi tutashgan hududda  joylashgan. 6,7 balli bu zilzila o‘chog‘i Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahridan 381 km janubda, O‘sh shahridan 117 janubi-sharqda joylashgan. Zilzila o‘chog‘i 40 kilometr chuqurlikda joylashdi.

O‘zbekistonning sharqiy viloyatlarida, xususan Andijon viloyatida taxminan 5 balli zilzila sezilgan.

«Toshkent» seysmostansiyasi hozircha bu zilzila haqida ma'lumot bermadi.

Ko‘proq yangiliklar: