Toshkentda yana bir Mercedes rusumli avtobusda yong‘in chiqdi

Jamiyat 14:47 / 26.06.2016 12254

26 iyun kuni soat taxminan 11dan 20 daqiqalar o‘tganida Eski shahardagi “Toshkent” savdo markazi (sobiq GUM) bekatida 28-yo‘nalishdagi Mercedes rusumli avtobusda yong‘in chiqdi. Bu haqda avtobus yo‘lovchilaridan biri kun.uz saytiga ma'lum qilgan. Hodisaga oid suratlar keltirilmagan.

Guvohning ma'lum qilishicha, haydovchi va konduktor tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida alanganing oldi olindi. Haydovchi bir vaqtning o‘zida uchta eshikni ochib yuborib, yong‘indan ogohlantirgani bois, yo‘lovchilarning hammasi o‘z vaqtida avtobusni tark etishga ulgurdi. Ular haydovchi va konduktorga o‘zlarining minnatdorchiliklarini bildirgan holda, yo‘l kirani qaytarib olishni xayollariga ham keltirmay o‘z manzillariga yo‘l olishgan.

Guvoh bu hodisa vaqtida haydovchining professionallarcha harakat qilganini e'tirof etgan.

21 iyun kuni ham Toshkent shahrida Mercedes rusumli avtobus yonib ketgandi.

Ma'lumot uchun, 2013 yil martidan beri Toshkentda 17ta avtobus yonib ketgan.

Ko‘proq yangiliklar: