Nega chivinlar ba'zi kishilarni boshqalarga nisbatan ko‘proq chaqadi?

Light 00:50 / 26.06.2016 39944

Chivinlar nega insonlarning ayrimlarinigina chaqishi haqida turli nazariyalar mavjud. Shunday taxminlar borki, pivo ishqibozlari, o‘zidan ko‘p uglerod dioksidi va ter chiqaruvchi yirik insonlarni chivin chaqishi ehtimoli kuchli bo‘ladi.

Shu narsa aniqki: tana genetikasi va kimyosi — chivinlar tanlovini idrok etishida muhim omil bo‘ladi. 

Statistika bo‘yicha, odatda, odamlarning har o‘n nafari chivinlarni o‘ziga jalb etadi.   

Nega chivinlar ma'lum bir insonlarga hujum qiladi?

Avvaliga terimizga yaqinlashayotgan chivinlar nima istashini bilib olaylik. Chivinlarning faqat ayollarigina chaqadi. Nasl qoldirish va tuxumlarni oziqlantirish uchun ularga sut emizuvchilarning qoni kerak bo‘ladi. Erkak chivinlar esa o‘simlik mevalari bilan oziqlanadi.  

Urg‘ochi chivinlar juda e'tiborli bo‘lib, ular bo‘lajak nasllariga eng yaxshi qonni berishni istashadi. Ma'lumki, har bir insonning o‘ziga yarasha tana ifori mavjud. Chivinlar ham o‘zlari "ideal" deb hisoblaydigan hidni juda yaxshi bilishadi. Ular bu hidni 30 metr uzoqlikdan his etishi mumkin. 

Tasavvur qiling, inson organizmida 100 trillionga yaqin mikrob bor. Bizda ham, asosan, genetika bilan belgilanadigan «mikrob imzo» bor. Bu mikroblar — bizning immun tizimimizni asosiy qismi hisoblanadi, shu sabab, yodda tuting:  tez-tez suv muolajalaridan foydalanish faqat foydaga xizmat qilmaydi va sizning iforingizni chivinlarning kuchli nafasidan berkita olmaydi.  

Qon guruhlari ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Agar chivinga sizning hidingiz yoqib qolgan bo‘lsa, u sizni tinch qo‘ymaydi. O‘tkazilgan tajribalar shuni isbotladiki, chivinlar I guruhiga mansub kishilarni II guruhdagilarga nisbatan ko‘proq so‘radi. Bu 85 foizga yaqin holatda inson o‘z qon guruhi bilan chivinlarni jalb etadi.  

Ideal hid qanday bo‘ladi?

Inson organizmidan ajralib chiquvchi ter va uglerod dioksidi muhim rol o‘ynaydi. Biroq tanamizning ifori undanda muhimroq ahamiyatga ega. 

Sut kislotasi chivinlarning ko‘plab turi uchun e'tiborni tortuvchi muhim xususiyat sanaladi. Pishloq, soya, yogurt yoki tuzlangan sabzavotlar kabi ma'lum muhsulotlar esa teri yuzasida katta miqdordagi sut kislotalarining shakllanishiga olib keladi. Bu esa g‘uvillab keluvchi qon so‘ruvchilarni yopishib olishiga sabab bo‘ladi. 

Chivinlarni butunlay o‘zimizdan nari etishning iloji yo‘q. Qo‘limizdan kelishi mumkin bo‘lgan yagona ish  — bu bor-yo‘g‘i xavfsizlik choralarini ko‘rish: terining katta qismini kiyim bilan yopish, yuqori namlik vaqtida tongda va kechqurun ko‘chaga chiqmaslik, shuningdek, chivinlar chaqishiga qarshi himoyalovchi krem, sprey va yoqimli hidga ega yog‘larni ishlatish. Biroq shulardan keyin ham chivinlar bizlarni "sevishdan" to‘xtashmaydi.

Ko‘proq yangiliklar: