Londonning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha arznoma kerakli sondagi ovoz to‘pladi

Jahon 01:21 / 26.06.2016 10980

Londonning Buyuk Britaniyadan mustaqil deb tan olinishi bo‘yicha arznoma ostiga 150 ming kishi imzo qo‘ydi, bu esa shahar meriga arznomani topshirish uchun zarur bo‘lgan ovoz hisoblanadi, deb ma'lum qilindi change.org saytida.

"Keling haqiqatga tik boqamiz – qolgan mamlakat norozi. Shuning uchun saylovlarda bir-birimizga passiv-agressiv ovoz berish o‘rniga rasman ajralishib, qit'adagi do‘stlarimizga qo‘shilamiz", deyilgan arznoma matnida.

Arznomada Londonning mustaqilligini e'lon qilish va YeI hamda Shengen hududiga kirishiga ariza berishga chaqirilgan.

Avvalroq London meriga Britaniyadan ajralib, YeIga qo‘shilish taklif qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: