Kareliyada cho‘kib ketgan bolalarning oxirgisi jasadi topildi

Jahon 12:34 / 26.06.2016 4922

Rossiyaning Kareliya o‘lkasida qutqaruvchilar 18 iyun kuni Syamozere ko‘lidagi bo‘ron tufayli cho‘kib ketganlardan o‘n to‘rtinchisining jasadini aniqladi. Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatdi.

"Kareliya respublikasi hukumati bosh vaziri o‘rinbosari Oleg Telnovning ma'lum qilishicha, 26 iyun kuni tongida qutqaruvchilar Syamozero ko‘lidan yana bir bola jasadini topishgan. U 18 iyun kungi bo‘rondan keyin bedarak yo‘qolgan deb hisoblangan bola jasadi", deyilgan xabarda.

18 iyun kuni Rossiyaning Kareliya Respublikasida joylashgan oromgohda dam olayotgan 47 bola va to‘rt nafar yoshi katta kuzatuvchidan iborat guruh Syamozero ko‘lidan kechib o‘tayotgan paytda po‘rtana boshlangan va buning oqibatida 14 nafar bola cho‘kib ketgandi.

Ko‘proq yangiliklar: