Kaliforniyadagi tabiiy yong‘inlar tufayli 150ta uy vayron bo‘ldi

Jahon 10:58 / 26.06.2016 3313

AQShning Kaliforniya shtati hududida bir necha kundan beri davom etayotgan tabiiy yong‘inlar 150ta uy to‘la vayron  bo‘ldi. Associated Press nashrining mahalliy amaldorlardan biri, okrug yong‘inga qarshi mudofaa xizmati vakili Kern Entoni Romeroga asoslanib xabar qilishicha, yana 2500ta uy yong‘in ichida qolishi mumkin.

Bu uylarning aholisi evakuatsiya qilingan. 

Agentlikning ma'lum qilishicha, olov ichida qolgan uydan chiqa olmagan keksa er-xotin halok bo‘lgan.

Yong‘inga qarshi 1100 o‘t o‘chiruvchi kurash olib bormoqda. Olovni o‘chirishga hududdagi quruq havo va doimiy shamol xalaqit bermoqda. 

Shtat gubernatori Jyerri Braun favqulodda holat e'lon qilgan.

Bundan oldinroq yong‘in tufayli Exxon Kaliforniyadagi zavodini ko‘chirgan.

Shuningdek, Kaliforniyada dunyoning eng yirik elektrostansiyalaridan biri yong‘in ichida qolgan.

Kaliforniyada oxirgi hafta davomida yong‘in tufayli minglab odamlar o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan. O‘t o‘chiruvchilarning harakatlari tufayli bir qator hududlarda olovning tarqalishi qisman to‘xtatilgan. Yong‘in, shuningdek, Yuta va Arizonada ham qayd etilib, u yerda yuzlab odam xavfsiz hududlarga ko‘chirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: