Islandiyalik ehtirosli sharhlovchi o‘zining asosiy ishidan bo‘shatildi

Sport 14:15 / 26.06.2016 10508

Yevropa chempionatidagi shov-shuvli voqealardan birining asosiy qahramoniga aylangan islandiyalik sharhlovchi Gudmundur Benediktsson o‘zining asosiy ish joyidan haydaldi.

22 iyun kuni Islandiya terma jamoasining Yevro–2016 turniri «F» guruhi 3-turida Avstriyaga qarshi o‘yinini sharhlab borgan va o‘yinning oxirgi daqiqalarida islandlar g‘alaba golini urishganidan keyin ushbu islandiyalik sharhlovchining ehtirosli reaksiyasi tasvirlangan videosi internetda ommalashib ketgandi.

101 Great Goals ma'lumotiga ko‘ra, Benediktssonning asosiy ishi «KR Reykyavik» jamoasi bosh murabbiyiga yordamchilik qilish edi. Bu jamoa qayd etilgan qoniqarsiz natijalardan keyin murabbiylar shtabi bilan hamkorlikni to‘xtatishga qaror qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: