Islandiyadagi prezidentlik saylovida tarixchi Gudni Yoxansson oldinda bormoqda

Jahon 11:28 / 26.06.2016 4170

25 iyun kuni Islandiyada prezidentlik saylovlari boshlandi. Nordic News xabariga ko‘ra, saylovda Gudni Yoxansson yetakchilik qilmoqda.

Byulletenlarning bir qismi hisoblab chiqilgan holatda kasbi tarixchi bo‘lgan Yoxansson saylovchilarning 37,8 foiz ovozini olgan holda yetakchilik qilmoqda. Uning asosiy raqibi tadbirkor Xall Tomasdottir esa 29,8 foiz ovoz to‘plagan.

Mamlakatning sobiq bosh vaziri va Morgunbladid gazetasi muharriri David Oddsson, shuningdek yozuvchi va atrof-muhit himoyachisi Andri Snayr Magnasonda g‘olib chiqish uchun imkoniyat qolmagan.

Eslatib o‘tamiz, 20 yil davomida orol-davlat rahbari lavozimini egallab kelgan Islandiya prezidenti Olavur Ragnar Grimsson saylovlarda oltinchi bor ishtirok etishdan voz kechdi. Bunga jurnalistlar uning turmush o‘rtog‘i, Buxoro yahudiylariga mansub Mussayyefflar (Musayevlar) oilasi vakili Dorrit Mussayyeff ofshor kompaniyalari bilan bog‘liqligini aniqlagani sabab bo‘lgani bildirilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: