Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Rossiya delegatsiyasining Xitoyga tashrifi sharafiga Xitoy xori mashhur "Kalinka-malinka" rus qo‘shig‘ini yuqori martabali mehmonlarga ijro qilib berdi. Xitoy tomoni vakillarining aytishicha, ular shu tariqa mehmonlar va rus madaniyatiga hurmatlarini ko‘rsatishdi. Xitoylik artistlar qo‘shiqning jo‘shqin kayfiyatini ajoyib darajada yetkazib bera olishdi: ular qo‘shiqni hushtak chalib, raqsga tushib ijro etishdi.
Ushbu ijro Putinda ham, ikkala delegatsiyada ham ijobiy taassurotlar qoldirdi: Putin qo‘shiqdan so‘ng artistlarning har biri har biri bilan quchoqlashib, bunday sovg‘a uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Pekinda Putin o‘zining xitoylik hamkasbi Si Tszinpin bilan ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni muhokama qilish va bir qator masalalar bo‘yicha yangi kelishuvlar tuzish uchun uchrashdi.
Bir necha hafta avval Rossiya tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova Sochida o‘tgan Rossiya-ASeAN sammiti vaqtidagi konsertda "Kalinka-malinka" qo‘shig‘iga raqsga tushib, internet yulduziga aylangandi.