Xitoy Xaynan orolidagi Venchan kosmodromidan yangi avloddagi "Buyuk safar-7" raketa-tashuvchisini uchirdi. Bu haqda "Sinxua" axborot agentligi xabar bermoqda.
Raketa orbitaga kosmik apparatlar va Yerga raketa uchirilgandan 20 soat o‘tib qaytishi kerak bo‘lgan ko‘p funksional qurilmaning Yerga tushiriluvchi modelining kichraytirilgan nusxasini yetkazadi.
"Buyuk safar-7" raketasi loyihalanish va ishlab chiqarilishning barcha bosqichlarida raqamli texnologiyalardan foydalanib yaratilgan birinchi raketa bo‘ldi. Uning yuk ko‘tarishi 13,5 tonnani tashkil qiladi. Bu raqam Xitoyning boshqa raketalaridan 1,5 barobar ko‘proqni tashkil qiladi.
Aytish joizki, raketaning uchirilishi Xitoyning 4-raqamli Venchan kosmodromidan birinchi parvoz bo‘ldi.