Finlyandiyaning Yevropa Ittifoqida a'zoligi bo‘yicha referendum o‘tkazish talab qilingan iltimosnoma Buyuk Britaniyadagi referendumdan keyin ommaviylashib bormoqda. Bu iltimosnomani "Chin finlar" tashkiloti yetakchisi Sebastyan Tyunkkyunen internetda joylashtirdi.
26 iyun tungi paytga kelib iltimosnomaga 10380 kishi imzo qo‘ydi. Bu orada Finlyandiya qonunlariga ko‘ra, agar iltimosnoma 6 oy ichida 50 mingdan ko‘proq imzo to‘plasa, mamlakat parlamenti bu murojaatni ko‘rib chiqadi.
Tyunkkyunenning fikricha, Yevropa Ittifoqi Yevropada faqatgina tartibsizlik keltirib chiqaradi. Uning fikricha, Finlyandiyada mamlakat "ozod bo‘la olishi" uchun referendum o‘tkazish lozim.
Bunday tashabbus mamlakatda 2013 yilda bildirilgandi, biroq o‘shanda unga 30 ming kishigina imzo qo‘ygan.
23 iyunda Buyuk Britaniyada mamlakatning Yevropa Ittifoqidagi a'zoligi bo‘yicha referendum o‘tkazildi. Natijada yevrointegratsiyaga qarshilar ko‘pchilik ovoz to‘pladi: 51,9 foiz britaniyaliklar mamlakatning Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqishiga ovoz berdi.